Samarqandda nechta xorijiy korxona bor?

2019 yil 1 chorak yakuni bilan viloyatimizda davlat ro‘yxatidan o‘tgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 443 taga yetdi. Shundan ishlab turganlari 430 tani tashkil etmoqda. Joriy yil birinchi choragida chet el kapitalidagi 36 ta korxona ish boshladi.

Faoliyat yuritayotgan 430 korxonadan 254 tasi sanoat, 60 tasi savdo yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi.

Viloyatimizda Turkiya kapitali ishtirokida 75 korxona, Xitoy kapitali asosida 66 ta, Rossiya investitsiyasi bo‘yicha 58 ta, Janubiy Koreya ishtirokida 33 korxona tashkil etilgan.

Samarqand viloyat statistika boshqarmasi axborot xizmati.