Samarqandda tumangaz ta’minoti rahbari pora bilan qo‘lga tushdi

DXX viloyat boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida “Oqdaryo tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i N.M. mahalliy fuqaroning yashash xonadoniga elektron gaz hisoblagich o‘rnatish va uni tarmoqqa ulab berish xizmati evaziga undan 4 million so‘m talab qilib, uning 2 million so‘mini pora sifatida olgani aniqlangan. Qolgan 1 million so‘mni fuqarodan olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda, N.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.