SamAvto – 20 yoshda!
- 16.03.2019 09:25
- 196
- Iqtisodiyot
Bundan yigirma yil avval, 1999 yil mart oyida Samarqand shahrida zamonaviy avtobuslar ishlab chiqarilib, Samarqand avtomobil zavodining tijoriy faoliyati boshlangan edi. Dastlabki yildayoq zavodda 2 rusumdagi avtobus, 3 rusumdagi yuk tashish avtomobillari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
2007 yilda zavodda Yaponiyaning “ISUZU Motors” kompaniyasi shassisi asosida mahsulotlar ishlab chiqarish boshlandi. Ayni paytda Samarqand avtomobil zavodida bir necha turdagi zamonaviy avtobus, yuk va maxsus atvomobillar tayyorlanmoqda. Eng muhimi, o‘tgan davrda samarqandlik avtomobilsozlar o‘z milliy mahsuloti – LE60 past shassili shahar avtobusini yaratib, uni keng ko‘lamda ishlab chiqarmoqda.
Bugun Samarqand avtomobil zavodi tashkil etilganligining 20 yilligi munosabati bilan mazkur korxonada tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Din va millat qayg‘usi: “Biz ulardan kammizmi?”
- Kecha, 17:07
- Ta’lim
Xalq o‘yinlari nega yo‘qolib ketyapti?
- Kecha, 13:56
- Madaniyat