SamDAQI talabalari ta’limda kredit-modul tizimiga o‘tish taklifini bildirdi

Kecha, 7 yanvar kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida rektor talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

Oliygoh rektori Sulton Ahmedov 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘lishi, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida gapirdi va talabalar muammosini tingladi. Uchrashuvda korrupsiyaning oldini olish masalasi muhokama qilindi.

Jumladan, talabalar tahsilning kredit-modul tizimiga o‘tishi, ya’ni 5 kunlik o‘qish joriy etilib, shanba mustaqil ta’lim olish kuni sifatida belgilanishi, katta qurilish tashkilotlari va korxonalar, qurilayotgan zamonaviy ob’yektlarda o‘zlari ishtirok etib, amaliyot o‘tashi, sessiya davrida faqat mutaxassislik fanlaridan yakuniy imtihonlar topshirish yuzasidan takliflar bildirishdi.

Institut rektori talaba-yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olib, mavjud muammolarni yechish choralarini izlashini aytdi.

Javlon SODIQOV.