Saunani fohishaxonaga aylantirgan shaxslarga jazo tayinlandi
7 iyun kuni soat 20:00 larda Qarshi shahar IIO FMB 3-son IIB HPG TP profilaktika inspektorlari, katta leytenant S.Xudoyberdiyev va katta leytenant A.Raimovlar Qarshi shahar Oydin mahallasida joylashgan "Sarbon LTD" MCHJga qarashli “Paxtazor” uy mehmonxonasining karantin qoidalariga amal qilayotganlik holatini o‘rganish uchun borishgan vaqtida mehmonxonaning saunasida uch nafar fuqarolar Sh.A., F.S. va N.X.lar karantin qoidalariga amal qilmasdan dam olishayotgani, fuqaro Sh.A. ushbu saunada massajchi bo‘lib ishlovchi M.S. bilan jinsiy aloqa qilayotganligi, shuningdek, surishtiruv ishlari davomida saunada massajchi bo‘lib ishlovchi fuqaro X.M. ham kun davomida ikkita fuqaroni qabul qilganligi, ular bilan massaj qilish bilan birga jinsiy aloqa ham qilganligi ma’lum bo‘ldi.
Saunaning ish yurituvchisi bo‘lgan X.O.dan karantin vaqtida saunaning nima sababdan ishlayotganligi so‘ralgan vaqtida fuqaro X.O. tadbirkorligini, "bir telefon bilan hammangni yo‘q qilib yuboraman" deb aytganligi va IIB xodimlarining qonuniy faoliyatini bajarishiga to‘sqinlik qilganligi holatidan to‘plangan hujjatlar Qarshi shahar ma’muriy sudiga taqdim qilindi.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 9 iyun kuni ma’muriy sud tomonidan fuqarolar M.S. va X.M.lar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi 1-qismi va 54-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, eng kam oylik ish haqqining 7 barobaridan jarima va fuqaro X.O.ga esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi va 194, 195-moddalari bilan aybli deb topilib, 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.