Yashash uyida fohishaxona tashkil qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2022 yil 3 yanvar kuni Samarqand shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida ro‘yxatda turib, Samarqand shahar Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida vaqtincha yashovchi shaxs o‘zi yashab kelayotgan uyida fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi.

Viloyat IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir davomida fuqaro 500.000 so‘m pul evaziga tadbirga jalb qilingan shaxslarga jinsiy aloqa qilishlari uchun alohida xona ajratib, sharoit yaratib bergan vaqtida, ushlanib hujjatlashtirilgan.

Holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.