Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasiga yangi boshliq tayinlangan

U haqida nimalar ma’lum?

Ayni paytda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasiga Sanaqulov Bahodirjon To‘lqin o‘g‘li rahbarliq qilmoqda.

U bugungi kungacha Toyloq tumani hokimining o‘rinbosari-investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i (2022 yildan) lavozimida ishlagan.

B.Sanaqulov 1992 yilda Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan.

2015 yilda Toshkent Singapur menejmentni rivojlantirish institutini biznes va marketing mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz, rus va turk tillarini biladi.

2018-2022 yillarda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi eksportga ko‘maklashish va investitsiyalarni jalb etish sektor mudiri vazifasida ham ishlagan.