Senatning navbatdagi yalpi majlisida qanday qonunlar ko‘rib chiqiladi?
Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisini joriy yil 20 oktyabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Yalpi majlisda, jumladan, quyidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi:
● “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi;
● “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi;
● “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi;
● “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi;
● “Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi;
● “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi.