Senat uch nafar Oliy sud sudyasini lavozimidan ozod etish haqida qaror qabul qildi

Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Senat Sarvarbek Azimjonovich Raxmonov, Ibragim Mirzaraximovich Alimov va Azamat Shodmonovich Ikromovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etish haqida qaror qabul qildi.

Shuningdek, senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.