Oliy Majlis Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisi o‘tkazilmoqda

Bugun, 13 iyun kuni Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.

Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalarni Senatning YouTube  tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.