Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentiga hamdardlik bildirdi

Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk viloyati hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Qirg‘iziston fuqarolarining nobud bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga hamdardlik bildirdi.

Qardosh Qirg‘iziston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik so‘zlarini yetkazishni so‘radi, jabrlanganlar shifo topishini tiladi.