Shavkat Mirziyoyevning samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvi boshlandi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish uchun 24 sentyabr kuni Samarqand viloyatiga keldi.

Ayni paytda Yoshlar markazida nomzodning viloyat saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. 

Uchrashuvni nomzodning Samarqand viloyati bo‘yicha ishonchli vakili, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov ochdi. 

Joriy yil 24 oktyabrda mamlakatimiz taqdiri va kelajagi uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadigan ijtimoiy-siyosiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirga Samarqand viloyatida ham puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ishonchli vakil keyingi yillarda viloyatda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlariga qisqacha to‘xtaldi. Shundan so‘ng so‘z O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevga berildi.

Ayni paytda Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qilmoqda.