Soliq organlari 15 oktyabrgacha shanba-yakshanba kunlari ham ishlaydi
Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 15 oktyabriga qadar barcha shahar va tuman davlat soliq inspeksiyalarida soat 8:00 dan kech 20:00 gacha ish tashkil qilingan. Shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda 12-13-oktyabr (shanba-yakshanba) kunlari ham ish kuni deb belgilangan.
Shu o‘rinda soliq to‘lovchilarga eslatib o‘tmoqchimiz. Hurmatli soliq to‘lovchilar mol-mulk va yer solig‘ini 15 oktyabrgacha to‘lash lozim. Yil davomida orqaga tashlab, aynan 15 oktyabr arafasida to‘lashni boshlashadi. Natijada inspeksiyalarda uzundan uzoq navbatlar yuzaga keladi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, inspeksiyaga kelayotgan fuqaro, albatta kadastr raqamini ham olib kelishi zarur. Chunki soliq dasturlari kadastr bahosiga asosan soliq hisoblaydi.
Viloyat davlat soliq xizmati organlari xodimlari fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida telegram messenjerida “Nalogoviye Konsultanti” guruhi orqali ham qancha soliq to‘lash lozimligini tekshirib berishmoqda. Vaqtingizni tejash maqsadida guruhga murojaat qilishingiz mumkin.
Hisoblangan soliqlarni istalgan bank bo‘limlari orqali yoki CLICK, U-PAY, MBANK va PayMe to‘lov tizimlari yordamida mobil telefon yoki internet orqali onlayn rejimda ham to‘lashingiz mumkin.
Zarnews.uz da yo‘llangan murojaatda xodimimizni oqlamagan holda, yuzaga kelgan vaziyat uchun fuqarolardan uzr so‘raymiz.
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.