Telefon tuzatish faoliyati bilan shug‘ullanmoqchimisiz?

Telefon tuzatish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazidan radioelektron apparatlarni ta’mirlash faoliyati bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Telefon tuzatuvchi ustalarning oylik soliq to‘lovi necha so‘mni tashkil qiladi? Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar Toshkent shahrida 250 ming so‘m, viloyat markazlarida 150 ming so‘m, boshqa hududlarda 50 ming so‘m miqdorida qat’iy soliq va 111 ming 500 so‘m ijtimoiy soliq to‘laydi. Ta’kidlash lozimki, qat’iy soliq o‘rniga deklaratsiya asosida daromaddan 12 foiz miqdorida daromad solig‘ini to‘lash mumkin.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.