Tadbirkorlarga soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish imkoni berildi

Karantin davrida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy davlat hokimiyati va davlat soliq xizmati organlarining qarorlari asosida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning 3 milliard 625 million so‘mlik mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarga hisoblangan soliq summalarini to‘lash muddatlari o‘zgartirildi.

Jumladan, ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 1 milliard 898 million so‘m hisoblangan soliqlarini to‘lash muddatlari joriy yil 1 oktyabrgacha kechiktirilgan bo‘lsa, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning 503 million so‘mlik, transport sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarning 480 million so‘mlik, xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarning 293 million so‘mlik soliqlarini to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoni berildi.

M.MAMAZIYEYEV,

viloyat davlat soliq boshqarmasi soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limi davlat soliq katta inspektori.