Tadbirkorlar muammosi: Hozircha 400 ga yaqin murojaat tushgan
Prezidentimiz tashabbusi bilan 20-avgust tadbirkorlar kuni sifatida belgilangandi. Shu kuni davlat rahbari ishbilarmonlar bilan uchrashuv o‘tkazishni ham an’anaga aylandi.
Joriy yilda ham an’anaga muvofiq, tadbirkorlar kuni oldidan Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasida tadbirkorlar murojaatlarini muvofiqlashtirish shtabi tashkil etildi. Sohaga mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat shtabga viloyatimiz tadbirkorlaridan o‘nlab murojaatlar bo‘lmoqda.
Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Past Darg‘om tumanidan 9 ta, Kattaqo‘rg‘on, Urgut tumanlari va Samarqand shahridan 5 tadan, qolgan tumanlardan undan kamroq murojaat tushgan. Qayd etilayotgan masalalarning aksariyati bank, kadastr, soliq va boshqa tashkilotlarga yo‘naltirilmoqda. Masalan, shu paytgacha “Agrobank” 16 ta, Biznesni rivojlantirish banki 15 ta, Xalq bankiga 12 ta, viloyat ichki ishlar boshqarmasiga 10 ta, viloyat soliq boshqarmasiga 46 ta, elektr tarmoqlari korxonasiga 11 ta, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga 12 ta, Majburiy ijro byurosiga 10 ta va kadastr agentligiga 23 ta murojaat bo‘lgan.
2024-yilning 8-iyul holatiga tadbirkorlardan 382 ta murojaat tushgan. Ularning 302 tasi ko‘rib chiqilgan va 129 tasi ijobiy hal etilgan. 179 ta murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.