Xo‘jaliklarning xizmat ko‘rsatuvchi banklardagi hisobraqamlariga inkasso topshiriqnomalari qo‘yilishi avtomatlashgan tizimda amalga oshiriladi
Joriy yilning 28 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Paxtachi tumani fermerlari nomidan “Fermerlar: mehnatimiz rohatini ko‘ramiz, deb xursand bo‘lgan edik. Afsuski, chuchvarani xom sanagan ekanmiz” sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Ushbu maqola yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari belgilashini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 50 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yer maydonlariga ega bo‘lgan yagona yer solig‘i to‘lovchilari qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanishi va belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari shartligi hamda paxta xom ashyosini ishlab chiqaruvchilar 2019 yil hosilidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tishi belgilangan.
Soliq kodeksiga asosan qishloq xo‘jaligi korxonalari 2020 yil 1 yanvardan boshlab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar hisoblanishi, qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan suvdan foydalanish joyidagi soliq organlariga 2020 yil uchun joriy soliq davrining 15 dekabr kuniga qadar belgilangan stavkalaridan kelib chiqib, hisobot taqdim etilishi va shu muddatdan kechiktirmay to‘lovlarni amalga oshirishi belgilangan.
Prezidentning 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son farmoniga asosan qishloq xo‘jaligidagi yerlarni sug‘orish uchun soliq stavkalari 2020 yilda o‘rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytirilib, yer usti suv resurslari manbalari bo‘yicha 70 so‘m, yer osti suv resurslari manbalari uchun 85 so‘m qilib belgilangan.
Prezidentining 2020 yil 29 avgustdagi PQ-4816-son qaroriga asosan baliqchilik xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan foydalanilgan suvning haqiqatda iste’mol qilingan hajmini aniqlash imkoni bo‘lmaganda, soliq bazasi amaldagi suv iste’mol qilish normativlarining 50 foizi miqdorida kamaytirilgan tartibda qo‘llanilishi belgilangan.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliqni to‘lash hisobot yilining 1 sentyabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi, hisobot yilining 1 dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi hamda suv resurslarida foydalanganlik uchun soliqlar bo‘yicha joylashgan joyidagi soliq organlariga 2020 yil uchun joriy soliq davrining 15 dekabrdan kechiktirmay to‘lovlarni amalga oshirishi belgilangan.
Shunga asosan joriy yilning 15 dekabrida amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijasida byudjet va maqsadli jamg‘armalardan hosil bo‘lgan qarzdorliklar uchun elektron tarzda xo‘jaliklarning xizmat ko‘rsatuvchi banklardagi hisobraqamlariga inkasso topshiriqnomalari qo‘yilishi avtomatlashgan tizimda amalga oshiriladi.
Paxtachi tumani davlat soliq inspeksiyasi.