Korporativ mijozlar ham masofaviy identifikatsiya qilinadi

"Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident  (2022.10.11) Qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan boshlab:

- tijorat banklariga ariza beruvchini masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda, ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank hisobvarag‘ini masofadan turib ochishga ruxsat etiladi.

Hozirda banklarga chakana mijozlarni masofaviy identifikatsiyalashga ruxsat etilgan. Bu keyingi yillarda chakana bozorda onlayn banklar va onlayn bank xizmatlarining keskin kengayishiga sharoitlar yaratdi.

Korporativ mijozlarni ham masofaviy identifikatsiyalashga o‘tish onlayn bank xizmatlari uchun yangi bosqich bo‘ladi va mijoz uchun kurashda raqobatni yanada kuchayishiga qo‘shimcha turtki beradi.