“Davrbank”ka jarima sanksiyasi qo‘llanildi
- 11.04.2022 10:20
- 296
- Iqtisodiyot
Fuqarolarning bank kartasidagi pul mablag‘lari ularning ruxsatisiz yechib olinganligi aniqlandi, Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga bu borada murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlar o‘rganilganda kafil yoki birgalikda qarz oluvchi hisoblanmagan fuqarolarning bank kartalari qonun hujjatlariga rioya qilinmagan holda ularning roziligisiz tijorat banki tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun biriktirilib, mablag‘lar yechib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi aniqlandi.
“Bunday amaliyotni yo‘lga qo‘ygan “Davrbank”ka nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyasi qo‘llanildi", deyilgan MB bayonotida.
Teglar:
bank
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa