Qo‘shimcha manbalardan 13,7 milliard so‘m byudjetga tushum undirildi
Viloyatdagi moliya organlari tomonidan joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 21 989 ta holatda 21,1 milliard so‘m qo‘shimcha daromad manbalari aniqlanib, hududiy davlat soliq inspeksiyalariga kiritildi. Natijada, 9 oyda byudjetga 13,7 milliard so‘m undirildi.
Misol uchun, 12 598 holatda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan turar-noturar joy va yer maydonlari bo‘yicha 3,5 milliard so‘m;
- 6209 holatda tegishli tartibda (YaTTlar) davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy faoliyat ko‘rsatib kelayotgan fuqarolardan 8,4 milliard so‘m;
- 176 holatda noqonuniy ravishda umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan sub’yektlardan 1,2 milliard so‘m;
- 20 holatda bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan tushumlarning to‘liq qamrab olinmaganligi holatlaridan 0,4 million so‘m qo‘shimcha daromad aniqlangan.
- boshqa yo‘nalishlar (qurilish, sanoat ob’yektlarida noqonuniy ishchilarni legallashtirish, litsenziya olmasdan alkogol mahsulotlari sotuvi, tegishli tartibda ijara shartnoma tuzmasdan faoliyat ko‘rsatib kelish va boshqa holatlar) bo‘yicha jami 2986 holatda 7,5 milliard so‘m qo‘shimcha manbalar aniqlangan.