Samarqandda mahalliy byudjetning daromadlarini orttirib bajarish bo‘yicha holat qanday?
- 08.11.2020 21:04
- 205
- Iqtisodiyot
Joriy yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha viloyat, tuman va shaharlar mahalliy byudjeti miqdori 115 milliard 823 million so‘mga orttirib bajarildi. Yil yakuniga qadar bu mablag‘ 187 milliard 765 million so‘m bo‘lishi kutilyapti.
Joriy yilda viloyatdagi tuman va shaharlar orasida mahalliy byudjetga qoladigan mablag‘lar miqdoriga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu borada Past Darg‘om tumani eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. Ya’ni, shu yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra, tuman byudjeti qariyb 7 milliard so‘mga orttirib bajarilgan. Yil yakunigacha bu mablag‘ miqdori 10 milliard so‘mdan oshadi.
Teglar:
mahalliy byudjet