2022 yil uchun Samarqand viloyati mahalliy byudjeti xarajatlari 4 trillion 9 milliard so‘m atrofida belgilanyapti

Bu haqda viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Botir Mirzayev xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 53-sessiyasida aytib o‘tdi.

Mirzayevga ko‘ra, bu 2021 yilga nisbatan ko‘p, shu jumladan xarajatlar tarkibida 268,7 mlrd. so‘mlik davlat dasturlari va tadbirlar uchun mablag‘ ajratilishi nazarda tutilmoqda.

Bunda ijtimoiy soha va aholini qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga 3 362,5 mlrd. so‘m yoki umumiy xarajatlarning 68 foizi, sog‘liqni saqlashga 1 716,7 mlrd. so‘m, iqtisodiyot xarajatlariga 501,8 mlrd. so‘m (umumiy xarajatlarning 10 foizi) mablag‘ ajratilishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari uchun 455,8 mlrd. so‘m yoki umumiy xarajatlarning 9 foizi ajratilishi rejalashtirilgan.