So‘nggi samuray: Yapon askari 28 yil davomida o‘rmonda yashirinib, qasamyodiga sodiq qoldi
Syoyti Yokoi (横井庄一 Yokoi Shōichi)1915 yilning 31 martida Saori (Aichi prefekturasi) shahrida tug‘ilgan. 1941 yilda Yaponiya imperatorlik armiyasiga chaqirilgan yigit 1943 yilda Guam oroliga xizmat qilish uchun yuborilgan. 1944 yilda Amerika qo‘shinlari orolni qaytarib olgandan so‘ng, Yokoi va uning bir necha xizmatdoshlari qo‘lga tushmaslik uchun pana joylarga yashirinishga majbur bo‘lgan.
Yetti yapon askari dastlabki ikki yil ichida boshpanalarni tark etdi, qolgan uchtasi esa bo‘linib, orolning qarama-qarshi tomonlarida yashashdi. Do‘stlar vaqti-vaqti bilan uchrashib turishardi, biroq 1964 yilda Syoyti xizmatdoshlarini o‘lik holda topdi. Keyingi 8 yil u butunlay yolg‘izlikda o‘rmonda o‘zi qazigan yer osti g‘orida mayda hayvonlar va kemiruvchilarni yeb,o‘simlik poyalaridan o‘ziga kiyim tikib yashirinib yashashga majbur bo‘ldi.
1972 yilning 24 yanvarida Yokoi Guamning chekka bir qismida baliqchilar tomonidan topildi. Ularuni yashirinib yurgan jinoyatchi deb hisoblab, bog‘lab, huquqni muhofaza qilish xizmatlari xodimlariga topshirishdi.
28 yil g‘orda yashirinib, uyiga qaytgan zohid Yaponiyaga tirik qaytishni uyat deb bilishini aytdi.
Yokoiga Ikkinchi jahon urushi natijalarini aks ettiruvchi gazeta va varaqalar ko‘rsatildi. Biroq 56 yoshli askar bu xabarlarni Amerika tashviqoti deb o‘ylab, Yaponiyaning taslim bo‘lganiga ishonishdan bosh tortdi.
Serjant 1972 yilning fevral oyida uyiga qaytdi, qahramonni 5 mingga yaqin odam kutib oldi. “Men imperator menga bergan miltiqqa sodiq qoldim, u bilan birga qaytdim”, dedi u.
Syoyti Yokoi nomi yana ko‘p yillar davomida yaponmatbuotida paydo bo‘ldi. 1977 yilda u haqida “Yokoi va uning yigirma sakkiz yili. Guamdagi maxfiy hayot” nomli hujjatli film suratga olinib, namoyish etildi. 1991 yilda u Yaponiya imperatori Akixito qabulida bo‘lib, ushbu marosimni butun hayotidagi eng katta voqea deb hisoblashini aytdi.
Syoyti Yokoi 1997 yilning 22 sentyabrida 82 yoshida yurak xurujidan vafot etdi. U 1955 yilda onasi tomonidan buyurtma qilingan Nagoya qabristonidagi qabr toshining tagida dafn etilgan.
Yokoi uzoq yillar o‘z qasamyodiga sodiq qolgan oxirgi askar bo‘lmadi. 1974 yilda filippinning Lubang orolida kichik leytenant Xiro Onoda topildi va uning bevosita qo‘mondoni va Yaponiya imperatorlik armiyasining sobiq mayori shaxsanLubangga uchib kelib, uni rasmiy ravishda xizmatdan ozod qilmaguncha qurol tashlashga rozi bo‘ldi. Xuddi shu yili Indoneziyaning Morotayorolida oddiy askar Teruo Nakamura ham taslim bo‘lgan edi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.