Sport xabarlari
Bolalar spartakiadasi
Samarqand shahrida viloyat xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “5 tashabbus Navro‘zda” festivalining “Bolalar spartakiadasi” milliy va harakatli sport o‘yinlari musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Qiziqarli va shiddatli o‘tgan musobaqa yakunida Toyloq tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Oqdaryo tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi egalagan bo‘lsa, uchinchi o‘ringa Paxtachi tumanidagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi loyiq deb topildi.
Voleybol
Toyloq tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabida viloyat maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog-xodimlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Yakunda, urgutlik pedagoglar terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Toyloq va Oqdaryo tumani pedagoglari jamoasi ikkinchi va uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.
Bekzod AHMEDOV.
Madaniyat mahallasi yoshlari birinchi
Samarqand shahridagi sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida 2003-2005 yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida “Futbolimiz kelajagi” sport musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. Unda Samarqand shahridagi mahalalar yoshlaridan tashkil topgan 10 ta jamoa bellashdi.
Qiziqarli va bahslarga boy o‘tgan musobaqa yakunida Madaniyat mahallasi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni. Sharq hamda Fidoyilar mahallalari jamoasi qo‘lga kiritdi.
Bekzod TURABOV.