Tahririyatga 1 milliard so‘mlik qarzdorlik undirib berildi

Bunga qarzdorning shartnoma bandlarini bajarmagani sabab bo‘lgan va anchadan beri qarzini to‘lamasdan kelgan.

Samarqand shahar iqtisodiy sudining 2021 yil 2 martdagi qaroriga asosan “Dobusiya Samarqand Aqualand” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyatiga 1 milliard 89 million so‘m qarzni undirish belgilangan.

Mazkur hujjat asosisida Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi so‘rov xatlari yuborilgan.

Ushbu ijro hujjati bo‘yicha qarzdor “Dobusiya Samarqand Aqualand” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyatiga 1 milliard 89 million so‘m qarzdorlik to‘liq undirildi va mazkur ijro ishi tamomlandi.

Farhod Baratov,

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi.