Imkoniyat bo‘la turib qarzdan qochish yechim emas

Samarqandda qarzdor majburiy choralar natijasida 14 million so‘mlik qarzni to‘ladi.

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi xodimlari tomonidan kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish borasidagi ijro harakatlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Yana bir misolda fuqaro uzoq yillar davomida ichimlik suvi uchun to‘lov qilmagani oqibatida yuzaga kelgan qarzdorlik sud qarori bilan majburiy ijro etildi.

Samarqand shahrida yashovchi fuqaro X.M. yillar mobaynida «Samarqand suv ta’minoti» aksiyadorlik jamiyatiga ichimlik suvi xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshirmay kelgan. Oqibatda qarz miqdori 13 954 000 so‘mga yetgan.

Davlat ijrochisi tomonidan fuqaroga tegishli transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilmoqchi bo‘lgan paytda, qarzdor o‘z ixtiyori bilan bankdagi omonat hisob raqamidagi mablag‘lar hisobidan qarzning butun miqdorini — 13 954 000 so‘mni to‘lab berdi.

MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati.