Tailandda norozilik namoyishlari zo‘ravonlikka aylandi

7 avgust, shanba kuni Tailandda hukumatga qarshi norozilik namoyishlarida zo‘ravonlik avj oldi. Politsiya namoyishchilarning tosh va petardlar otishiga qarshi ko‘z yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlardan foydalandi.

Namoyishchilar bosh vazir Prayut Chan-Ochaning iste’fosini, monarxiya va qurolli kuchlar byudjetining bir qismini koronavirusga qarshi kurashga yo‘naltirishni talab qilmoqda.

O‘tgan yili boshlangan norozilik harakati so‘nggi haftalarda avj oldi. Sababi, rasmiylarning koronavirus infeksiyasining keskin o‘sishini nazorat qilishga urinishlari natija bermayapti.