Tailand va Kambodja chegarasida to‘qnashuvlar yuz berdi

Ular ikki davlat chegarasida to‘qnashuvlarni boshlaganlikda bir-birini aybladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, to‘qnashuvlar bugun erta tongda chegaradagi bahsli Ta Moan Txom ibodatxonasi yaqinida boshlangan.
Tailandning Surin provinsiyasi ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Kambodja aholi punktlaridan biriga artilleriyadan o‘q uzgan, natijada ikki mahalliy aholi halok bo‘lgan. Tailand armiyasining ma’lum qilishicha, Kambodja qo‘shinlari o‘t ochgan va ikki nafar askar yaralangan.
Tailand qo‘shinlari hech qanday sababsiz bostirib kirgan va Kambodja kuchlari o‘zini himoya qilish uchun javob qaytargan, deyishmoqda Kambodja mudofaa vazirligida.
***
Ikki davlat o‘rtasida vaziyat tarangligi may oyida kambodjalik askar kichik bir otishmada halok bo‘lganidan keyin boshlandi. Shunda Tailand Kambodjani bahsli hududga mina o‘rnatishda ayblab, uch askarni jarohatlagan. Kambodja bu ayblovlarni rad etib, askarlar kelishilgan marshrutlardan chetga chiqqanini aytdi.
Shu kunlarda ro‘y bergan to‘qnashuvlar Tailand Kambodjadagi elchisini chaqirib olgani, Bangkokdagi Kambodja elchisini chiqarib yuborishga qaror qilgani va Kambodja bilan chegarasini yopib qo‘yganini e’lon qilganidan keyin boshlangan.