Tailandda 22 yoshli o‘zbekistonlik yigit baxtsiz voqea sabab vafot etdi
- 08.09.2020 14:45
- 520
- Hodisa
Rossiya va O‘zbekiston fuqarolaridan iborat bo‘lgan 7 kishilik sayyohlar guruhi mahalliy diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun Pxuketdan Tailandning janubidagi Ranong viloyatiga borishadi. Ular uchta mototsikl va bitta mashinani ijaraga olib, Ngao sharsharasiga yo‘l oladi.
Sharsharaga kelgach, 22 yoshli Abdulloh Soipov manzarani tepadan suratga olish uchun qoyaga ko‘tarilgan va toshlar ustida sirpanib ketgan, deya taxmin qilinmoqda.
Jabrlanuvchining do‘stlari zudlik bilan qutqaruvchilar va shifokorlar guruhini chaqirgan. Lekin yigit og‘ir bosh jarohati olganligi tufayli vafot etgan.
Ayni paytda uning hamkasblari va do‘stlari politsiya tomonidan so‘roq qilinmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!