Xitoyda maktab shiftining qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning shimoli-sharqidagi sport binosining shifti qulab tushgan o‘rta maktabda halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi. Xitoy markaziy televideniyesi dushanba kuni qutqaruv ishlari yakunlagani haqida xabar bergan.

Avvalroq TV to‘qqiz kishi qurbon bo‘lgani va ikki kishi bedarak yo‘qolganini xabar qilgan edi. Hodisa 23 iyul kuni tushdan keyin Xeylunszyan provinsiyasining Sitsikar shahrida sodir bo‘lgan.

Tergovning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ta’mirlash ishlarini olib borish qoidalari buzilganligi sababli sport binosi binosining tomi shikastlangan. Keyinchalik yomg‘irlar tufayli u qulagan.