Ikki qavatli uy tomidan yiqilgan insonning hayoti qutqarib qolindi
- 25.02.2026 15:28
- 53
- Salomatlik
Payariqlik 50 yoshlardagi R.Yu. Samarqand shahrida ustachilik bilan shug‘ullanayotgan paytda uyning ikkinchi qavati tomidan noxos yiqilib tushgan. Bemor zudlik bilan respublika shoshilinch yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga keltirildi.
Uning ahvoli o‘ta og‘ir darajada bo‘lib, bemorda tana ichki a’zolarining yopiq shikastlanishi, chap qo‘l sinishi, bosh miya lat yeyishi kabi bir nechta murakkab jarohatlar aniqlandi.
Filialda bemor shoshilinch ravishda tekshirilib, tegishli mutaxassislar ishtirokida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Ayni paytda bemor shifokorlar nazorati ostida davolanmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Jurnalistlarning ko‘zi o‘tkirmi?
- 2 soat avval
- Salomatlik
Kelajak egalari uchun yangi imkoniyatlar davri
- Bugun, 13:36
- Jamiyat