Tailand aholisi ommaviy ocharchilik fonida “oltin zaxira”larini yo‘q qila boshladi
Tailand aholisi koronavirus pandemiyasida sayyohlar oqimi kamayishi bois ish joylarining yo‘qotilishi, ish haqi qisqarishi sabab bo‘lgan ocharchilik tufayli shaxsiy “oltin zaxira”laridan ajralishga majbur. Bu haqda The Thaiger ma’lum qildi.
Xususan, fuqarolar tilla taqinchoq va oltin yombilarini sota boshladi - shu yo‘l bilan ular qarzlarni to‘lash, oziq-ovqat sotib olish va boshqa ehtiyojlar uchun pul topishga harakat qilishmoqda.
«Bolam tug‘ilgandan keyin so‘nggi oltin marjonimni sotishga majburman. Kelajakda cheklangan daromadga nisbatan xarajatlar ko‘payishini hisobga olishimiz lozim”, deydi Bangkokdagi ofis xodimi, 22 yoshli Suvirat Namvicha.
Natijada, mamlakatda oltin eksporti keskin o‘sdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvaridan oktyabrigacha bo‘lgan ko‘rsatkichlar 237,4 tonnaga ko‘tarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi 170 tonnaga nisbatan ancha ziyod. Bu COVID-19ning navbatdagi epidemiyasi va turizm sohasiga pandemiyaning ta’siri natijasidir.
Tailandning mashhur kurorti - Puket orolida ommaviy ocharchilik sentyabr oyida boshlandi. Birinchidan, bunga koronavirus tufayli qo‘yilgan cheklovlar chet ellik sayyohlar tashrifini to‘xtatgani sabab bo‘ldi. Buning ustiga, ishsiz aholiga yordam berish uchun oziq-ovqat sotib olishga ajratilgan mahalliy munitsipal byudjet tugadi.
4 dekabr kuni Baliga kelayotgan sayyohlar oqimining keskin pasayishi COVID-19 fonida cheklov choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan qashshoqlashuv tufayli ba’zi shaharlarda ommaviy ocharchilik boshlandi. Xususan, nochorlar sonining keskin o‘sishi Karangasem tumanida qayd etildi. Vaholanki, u yerda mahalliy aholi orolning turli hududlarida faoliyat yuritgan yaqinlari mablag‘lari hisobiga kun ko‘rar edi.