Ta’lim kreditlarini ajratish tartibini bilasizmi?

🔰 Kontrakt asosida o‘qishga kirganlar uchun ta’lim kreditlarini ajratish maqsadida Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etilgan.

🏦 Jamg‘arma kreditlarni tijorat banklari orqali ajratadi.

☑️ Kredit olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

👉 ariza;

👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma (kontrakt);

👉 krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlariga garov va kafillik talab etilmaydi);

👉 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);

👉 bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar.

⏳ Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

🗓 Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (14 %) ajratiladi.