Termiz vokzali yangi qiyofada foydalanishga topshirildi

Termizda Temir yo‘l vokzalining rekonstruksiya qilingan yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar beryapti.

Vokzalda poyezdlar harakatini ko‘rsatib turuvchi elektron ekran o‘rnatildi.

Vokzalda, shuningdek, yo‘lovchilar uchun Wi-Fi va kutubxona tashkil etildi.

Vokzal binosida dam olish xonasi, savdo paviloni va Surxondaryo hunarmandlari tayyorlagan hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan rasta va zamonaviy ovqatlanish shaxobchasi tashkil etilgan.

Vokzal bir vaqtning o‘zida 200 yo‘lovchiga, sutkasiga esa 1.2 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.