Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Test natijalarini qanday bilish mumkin?

24 sentyabr kunigacha test natijalari e’lon qilinishi kutilmoqda (hali chiqqani yo‘q). Shu sababli Davlat test markazi natijalarni qanday bilish mumkinligi to‘g‘risida oldindan ma’lumot berdi.

1️⃣ Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali:

Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar shaxsiy kabineti (abitur.dtm.uz sayti) orqali tanlov natijalarini bilishlari mumkin.

2️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishlari mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Natijalar e’lon qilingandan so‘ng test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga borgan holda qaydnomadan tanlov natijalarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.