Tibbiyot institutida tahsil oladigan talabaga nega uy berildi?
Nurobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlab “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida “Men O‘zLiDeP ni tanladim” nomli yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni o‘z ichiga olgan, yuzlab yoshlarni bir maqsad sari birlashtirgan mazkur festivalda sportning milliy kurash, shaxmat-shashka, badiiy gimnastika turlari bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
Nurobod tumani Mustaqillik ko‘chasi bo‘ylab 6 km. masofada velomarofon uyushtirildi.
Tadbir doirasida tuman markazidagi Yoshlar kutubxonasida O‘zLiDeP burchagi tashkil etilib, partiya tomonidan 20 dan ortiq badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
Shuningdek,O‘zLiDeP faollari tumandagi “Girdiqo‘rg‘on” MFY da yashovchi chin yetimlar Nozigul va Oygul Pardayevalar xonadonida bo‘lishdi.
Nozigul Pardayeva 8 yoshida onasidan, 12 yoshida otasidan ayrilgach, Samarqand shahridagi SOS bolalar mahallasida tarbiyalandi. Bugun u Samarqand Tibbiyot institutining 5-kursida tahsil olmoqda.
Joriy yilda opa-singil Nozigul va Oydinoy Pardayevalarga Nurobod tuman hokimligi tomonidan “Girdiqo‘rg‘on” MFYda qurilgan zamonaviy 2 xonali uy sovg‘a qilindi.
Baxtigul QARShIYeVA,
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi matbuot kotibi.