Urgutlik partiya faollari kam ta’minlangan Botirovlar oilasiga uy quryapti

Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi deputati Baxtiyor Bekboyev boshchiligidagi saxovatpesha tadbirkorlar va partiya faollari tumanning Soyguzar mahallasida yashovchi Amriddin Botirovga uy qurib berishga ahd qilishdi.

- Botirovlar oilasi mahallada kam ta’minlanganlar ro‘yxatida turadi.  Joriy yilgi bahor seryog‘in kelishi oqibatida ular yashayotgan uyni suv bosib, yashash uchun yaroqsiz bo‘lib qoldi. Soyguzar mahallasi raisi  Sh.Sharopovning tashabbusi bilan tadbirkor Dilshod Salimov va yana bir necha partiyamiz faollari hamkorlikda Botirovlar oilasiga uy qurib berishga qaror qildik, - deydi xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi deputati Baxtiyor Bekboyev.

Ayni damlarda qurilish ishlarining dastlabki bochqichlari yakunlangan. Jarayonlarga mahalla ahli ham hashar uyushtirib ko‘maklashmoqda.

O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi axborot xizmati.