Tojik-qirg‘iz chegarasida yana nizo kelib chiqdi
Tojik-qirg‘iz chegarasida yuz bergan mojaro vaqtida Qirg‘iziston IIV Ichki qo‘shin harbiy xizmatchisi yaralandi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston mamlakat chegara xizmati matbuot xizmatiga asosan.
Bugun ertalab chegara hududi yaqinida istiqomat qiluvchi taxminan 180 nafar Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari bir-biriga tosh otishdi. Shu munosabat bilan ikki davlat chegara xizmati, huquq-tartibot va viloyat ma’muriyati vakillari muzokara o‘tkazdi.
“Muzokara vaqtida soat 11:30 da Tojikiston tomonidan noma’lum shaxslar Qirg‘iziston fuqarolariga qarata tosh otishni boshlashdi. Qirg‘izistonliklar o‘z navbatida, ikki mashina old oynalarini tosh bilan sindirishdi. 20 daqiqadan so‘ng Tojikiston tomonidan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kichik kalibrli miltiqdan o‘q otildi. Buning oqibatida Qirg‘iziston IIV Ichki qo‘shin harbiy xizmatchisi yaralandi”, deyilgan chegara xizmati xabarida.
Ta’kidlanishicha, muzokara to‘xtatilgan. Hozirgi vaqtda tomonlar ikki davlat chegara tumanlarida yashaydigan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib bormoqda.
Tojik-qirg‘iz chegara uchastkasida vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida Chegara bosh shtab rahbari – raisning birinchi o‘rinbosari Abdikarim Alimbayev Batken viloyatiga jo‘nab ketdi.