Toshkentdagi mudhish YTHda 19 yoshli yigit halok bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB internetda tarqalgan, Olmazor tumanida sodir bo‘lgan mudhish YTH to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 26 oktyabr kuni soat 22:45 da Toshkent shahar Kichik halqa avtomobil yo‘lida, ya’ni shahar sil kasalliklari klinik shifoxonasi oldida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, “Neksiya” haydovchisi 19 yoshli Behruz K. tezlikni oshirgan va boshqaruvni eplab olmay ko‘cha yoritgichi o‘rnatilgan beton ustunga borib urilgan.

YTH oqibatida haydovchi va uning to‘rt nafar yo‘lovchilari kasalxonaga yotqizilgan.

Kasalxonada haydovchi unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Turli tan jarohatlari olgan qolgan 4 nafar yo‘lovchilarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.