Pokistonda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
- 09.08.2021 12:16
- 38
- Xorij

Pokistonning Panjob provinsiyasi, Gujranvala shahrida baxtsiz hodisa ro‘y berdi, deb xabar beradi 24 News.
YTH oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi jarohatlandi. Hodisa kecha, 8 avgust kuni yuz bergan.
Qayd etilishicha, ichida yo‘lovchilari bo‘lgan mikroavtobus va yuk mashinasi to‘qnashgan. Zarba oqibatida avtomobilning orqa qismida joylashgan gaz balloni portlagan.
7 nafar jarohalangan kasalxonaga yotqizilgan. Keyinchalik ulardan biri vafot etgan. Shifokorlar bemorlarning ahvoli og‘ir deya baholamoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rindiqda qoldirilgan tillalar
- Kecha, 18:15
- Mutolaa
Chaqmoqning tuhfasi
- Kecha, 18:14
- O'qing, qiziq!
Ayol muhabbatdan iborat
- Kecha, 11:24
- Mutolaa