​​Toyloq tumanida sodir bo‘lgan o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, 23 iyun kuni soat 00:30larda Toyloq tumani «Charog‘bon» mahallasi hududidan o‘tuvchi A-377 avtomobil yo‘lining 7 km.da Toyloq tumani IIB HPB profilaktika inspektori leytenant M.X. boshqaruvida bo‘lgan d/r 30 021 NAA «Nekciya-2» rusumli avtomashina yo‘lning Urgut yo‘nalishi tomon qayrilayotgan vaqtida, qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan Toyloq tumanida yashovchi 2003 y.t. fuqaro A.P.ning boshqaruvida bo‘lgan d/r 30 O 201 XA «Malibu» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, «Nekciya-2» rusumli avtomashinada bo‘lgan M.X., yo‘lovchilari Toyloq tumani IIB HPB katta profilaktika inspektori mayor R.Razzoqov hamda Toyloq tumanida yashovchi, 1957 y.t. fuqaro Sh.M.lar olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etganlar.

«Nekciya-2» rusumli avtomashinaning qolgan yo‘lovchilari Toyloq tumanida yashovchilar 1992 y.t. A.I. va 1994 y.t. N.M. hamda «Malibu» rusumli avtomashina haydovchisi A.P., yo‘lovchilari Toyloq tumanida yashovchilar 2005 y.t. A.M. va 2004 y.t. A.R.lar tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2022 yil 23 iyun kuni Toyloq tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.