Turar va noturar joylar sotilsa, daromad solig‘i to‘lanadimi?

Jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan noturar joylar va 36 kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan olinadigan daromadlarga 12 foizlik stavkada soliq solinadi.

Qayd etish joizki, mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan, uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.