Turkiya, Shvetsiya, Finlandiya va NATO bayonot imzoladi
Turkiya, Shvetsiya, Finlandiya va NATO Madriddagi muzokaralardan so‘ng qo‘shma bayonot imzoladi, deya xabar beradi TRT Haber davlat telekanali, unda Turkiya Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
18 may kuni Finlandiya va Shvetsiya Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi fonida NATO bosh kotibiga alyansga qo‘shilish uchun ariza topshirgan edi. Turkiya ushbu arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni boshlanishiga to‘sqinlik qildi. «Anqara Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zoligiga “ha” deya olmayman, chunki Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi vakillari bilan aloqalari to‘g‘risidagi ularning kafolatlariga ishonmayman" deya ta’kidlagan edi Erdo‘g‘on.
Imzolash marosimi Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on ishtirokidagi muzokaralardan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Turkiya tomonidan hujjatni tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li imzoladi.
AQSh Prezidenti Jo Bayden Finlandiya, Shvetsiya va Turkiyani NATO kengayishiga yo‘l ochgan uch tomonlama memorandum imzolanganini e’tirof etib, ushbu harakat ittifoq va uning kollektiv xavfsizligini mustahkamlashini ta’kidladi.