Turkmanistondagi "Do‘zax darvozasi": bu anomaliya haqida eshitganmisiz?
Sayyorada ba’zida anomaliyalar sodir bo‘lib turadi va shunday sirli ob’yektlardan biri Turkmaniston hududida joylashgan.
“Jahannam eshiklari” yoki “Do‘zax darvozasi” haqiqatan ham uni ko‘rgan odamlarda qo‘rquv uyg‘otishi mumkin. Gap diametri bir necha o‘nlab metrga yetadigan yer osti “gulxani” haqida ketayapti.
Bunday ta’sirchan o‘lcham tufayli ba’zilar do‘zax haqiqatan ham odamlargajuda yaqin ekanligiga ishonishadi. Aynan shu sababli Darvoza o‘zining norasmiy nomini olgan bo‘lsa-da,ushbu anomaliya aniq ilmiy tushuntirishga ega va bu yerda hech qanday tasavvufga o‘rin yo‘q.
O‘tgan asrning yetmishinchi yillarida Turkmaniston hududida gaz qazib olish rivojlanayotgan edi. Bu jarayonda gazga to‘g‘ridan-to‘g‘riyo‘l topishning iloji bo‘lmagan, mutaxassislar bo‘shliqqa duch kelishgan.Shunda o‘pirilish yuz berib,hosil bo‘lganyoriqdan gaz sizib chiqa boshlagan.
Ob’yektni nazorat ostiga olgan mutaxassislar tez orada gaz tugaydi va muammo hal bo‘ladi, deb ishonib, uni yoqib qo‘yishga qaror qilishadi.
Ammo “Do‘zax darvozasi” hali ham ochiq va mashhur diqqatga sazovor joylardan biriga aylandi: ko‘plab sayyohlar anomaliyani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishni orzu qilishadi.