Urgutda kadastr bo‘limi mas’ullari va MChJ rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Urgut tumanida viloyat prokuraturasi tomonidan Prezidentimizning “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali mansabdor shaxslari mansab vakolatini suiiste’mol qilib, sug‘oriladigan yer maydonlarini qurilish uchun ajratish vakolati bo‘lmasa-da, “SH. F. B” MChJga 1 gektar yer uchastkasi uchun kadastr pasporti tayyorlanib, jamiyat va davlat manfaatlariga 847,1 million so‘m zarar yetkazgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan kadastr bo‘limi mas’ullari va “SH. F. B” MChJ rahbari M.X.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.