Usmonxon Alimov Samarqand viloyati imom-xatiblari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedovning Samarqand viloyati bo‘ylab safari davom etmoqda.
Samarqand shahridagi Yoshlar markazida viloyatda faoliyat olib borayotgan barcha imom-xatib, imom noiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda diniy soha vakillari tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va mavjud muammolar muhokama qilindi hamda ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar berildi. Shuningdek, bugungi kunda imom-xatiblar oldida turgan muhim vazifalar va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashda ularning tutgan o‘rni kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Hozirgi islohotlarning yangi bosqichida diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish va shukronalik hissi bilan yashash, sof islom ta’limotini keng targ‘ib qilish ishlarida faollikni oshirish bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida “Vaqf” xayriya jamg‘armasi tomonidan barcha imom-xatiblarga Qur’oni karim kitobi tarqatildi.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi axborot xizmati.