Usmonxon Alimov Qo‘shrabot tumanidagi “Jo‘sh Ota” jome masjidiga bordi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov, viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamatqulov hamrohligida Qo‘shrabot tumanidagi “Jo‘sh Ota” jome masjidida namozxonlar uchun yaratilgan shart sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Tashrif avvalida Qur’oni karim tilovat qilingach, masjid jamoasi bilan suhbat qilindi, namozxonlarning taklif va mulohazalari tinglandi.
Keyin muftiy hazratlari Buxoro viloyatiga yo‘l oldi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati.