Mayizchilik nega aynan Qo‘shrabotda rivojlangan?

Bir marta ekilgan tok ko‘chati uch avlodni ishli qila oladimi?

Tumanda o‘tkazilayotgan "Mayiz sayli" festivali doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, fermerlar, tadbirkorlar, agrosanoat komplekslari vakillari hamda bog‘bonlar uchun "Mayizchilikni rivojlantirish istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan olimlar va sohaning yetakchi mutaxassislari, shuningdek, qator xorijiy davlatlardan kelgan ekspertlar, xalqaro tashkilotlar va investitsiya kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada mayizchilikni rivojlantirishga oid dolzarb masalalar — zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, mahsulot sifatini oshirish, qayta ishlash tizimini takomillashtirish, eksport salohiyatini kengaytirish va sohadagi investitsion imkoniyatlar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida mayiz yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or tajribalar taqdimoti hamda soha rivojiga qaratilgan istiqbolli loyihalar namoyish qilindi.