Qo‘shrabotdagi chekka mahallada ichimlik suv inshooti ishga tushirildi
- 18.05.2025 12:46
- 4
- Samarqand

Tuman markazidan 25-30 kilometr uzoqlikdagi Mayintepa mahallasi noteksliklar hamda suv tanqis bo‘lgan hududda joylashgan. Uch ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan mazkur mahallada tomorqa yerlarida ekin ekib, daromad topish o‘ta dolzarb muammolardan biri.
Ushbu mahallada yer osti suv qudug‘i qazilib ishga tushirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda adliya vaziri A.Toshqulov hamda tuman hokimi D.Shakarboyev hamda nuroniylar ishtirok etdi.
Ushbu suv qudug‘i ishga tushirilishi bilan inshootning kunlik ishlab chiqarish quvvati 156 m³ ni tashkil etadi. Ya’ni, 18 gektar yer maydonini sug‘orish imkonini beradi. Shuningdek, ko‘plab xonadonlarda suv ta’minoti yaxshilanadi hamda o‘z tomorqasida dehqonchilik qilib, daromadga kirishiga zamin yaratadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Issiq kunlarda qanday taomlanish kerak?
- Bugun, 12:54
- Salomatlik
Sog‘lom yurak – sog‘lom hayot
- Kecha, 23:52
- Salomatlik