Qo‘shrabotdagi "Salomatlik sayli"da 15 ga yaqin yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti bajarildi
- 25.08.2024 11:07
- 62
- Salomatlik
Qo‘shrabot tumanida tashkil etilgan “Salomatlik sayli”da tuman aholisi uchun tor soha mutaxassislari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar, sog‘lom turmush tarzini tadbiq etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarildi.
Unda viloyat va Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining Samarqand filiallarida faoliyat yuritayotgan malakali tibbiyot xodimlaridan tashkil topgan 20 turdagi tor soha mutaxassislari hamda oftalmolog, EXO kardiogramma va UZI apparatlari jamlangan mobil avtobuslar jalb qilindi.
Shuningdek, tuman markaziy shifoxonasida 15 ga yaqin travmatologik, ginekologik va qorin bo‘shlig‘i a’zolarida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarildi, deya xabar bermoqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.